Toshkent farmasevtika instituti rektori vafot etdi
Toshkent farmasevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ibrohim Olimjonov 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev xabar berdi.
I.Olimjonov 1959-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) institutini tamomlab, Andijon shahri 2-bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari bo‘yicha vrach o‘rinbosari, keyinchalik Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra assistenti, dotsenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2012—2018-yillarda Toshkent farmasevtika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va rektori lavozimida ishlagan. I.Olimjonov 2018-yildan buyon mazkur institut rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.