Timati Putinning tug‘ilgan kuniga atab klip chiqardi
Rossiyalik reper Timati prezident Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan yangi klip ishladi.
Yangi qo‘shiqda Timati Putinni “oq hukmdor” deb ataydi, naqarotda esa “Mening eng yaxshi do‘stim – prezident Putin” so‘zlari takrorlanadi. Klip Moskvadagi Qizil maydonda suratga olindi.
Bugun, 7 oktabr kuni Putin 63 yoshga to‘ldi. Ilgariroq uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun davlat rahbari ko‘zga ko‘ringan xokkeychilar bilan birga muz ustiga tushishini ma’lum qilgan edi.