Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oltoy respublikasiga dam olish vaqtlarini o‘tkazish uchun jo‘nab ketgan. Bu haqda FlashSiberia xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, bu yerda prezident "musaffo havoda hordiq chiqaradi".
Xabarda taxmin qilinishicha, Putin Oltoyning Ongudaysk tumanidagi dachasiga borib joylashgan.
Biroz oldinroq, Rossiyaning siyosiy axborotlar agentligi vakili Vladimir Torobkov Putin 27 iyun kuni Oltoy respublikasiga norasmiy tashrif uyushtirishi haqida ma’lum qilgandi.
Putin bu yerda Oltoy respublikasi rahbari Aleksandr Berdnikov bilan uchrashgani aytilgan.