Putin ichki siyosat boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat prezidentining ichki siyosat boshqarmasi rahbari Oleg Morozovni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Morozovning o‘rnini, shu kunga qadar uning o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Tatyana Voronova egallaydi.
Morozov nashrga bergan ma’lumotiga ko‘ra, oilaviy sabablar tufayli iste’foga chiqqan. Yaqin vaqtlarda uning Moskva davlat universiteti qoshidagi boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-kurslarida dars berishni boshlashi kutilmoqda.