O‘zbekistonning eng mashhur rejissyorlaridan biri bo‘lgan Rustam Sa’diev tomoshabinlar ma’naviyatiga zarur ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladigan yangi film suratga olish harakatida.
Filmning ishchi nomi "Paxan" bo‘lib, unga "Sotqin" filmidagi roli bilan "yangidan tug‘ilgan" Javohir Zokirov, Ulug‘bek Rahmatullaev, "Brigada" seriali orqali tanilgan Farhod Mahmudov kabi aktyorlar taklif etilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, filmda Gollivud kinolarida rol ijro etgan mashhur aktyor ham qatnashishi mumkin. Hozirda nomi oshkor qilinmagan aktyor bilan kelishuv-muloqoti amalga oshirilmoqda.