Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rustam Sa’diev: “men sizlarni kechirdim, "Videoqaroqchilar”!

«Baron»ni qaroqchi urdi! Bu noxush xabar kimlar uchun xush bo‘lishi tabiiy. Axir, raqiblar endi xursand bo‘ladi. Biroq, bu birgina Rustam Sa’diev boshiga tushgan muammo emas. “O‘zbekkino” obdon bosh qotirishi lozim bo‘lgan jiddiy masala. “Videoqaroqchilik” kecha yo bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Ancha yillardan beri dunyo kinematografiyasi muammolaridan biri sanaladi. Biroq, qat’iy kurashilmasa, kinosanoat ozmi-ko‘pmi jabr ko‘radi, moliyaviy ahvol kasodga uchrayveradi. O‘ylab qarasangiz, katta byudjetli film ne-ne maqsadlarni ko‘zlab yaratiladi-yu, bir haftaga borar-bormas, “pirat”lar halqumiga tushsa, bu ne hol? Ijodkor filmining taqdiri bilan hech kimning ishi bo‘lmasa?
“Baron”ning xomaki varianti “qaroqchi”lar bozorida aylanmoqda. Respublikamizning ko‘plab shaharlarida allaqachon xufyona tarzda “Baron” filmi tarqatilmoqda. Nahot, chora ko‘rish shu qadar imkonsiz? Nega tegishli idoralar hanuz jim? “Videoqaroqchi”lar biznesidan kimlar manfaatdor?
“Baron” taqdiridagi “qora bulutlar” o‘tgan yili “Sotqin”ni ham chetlab o‘tmagandi. Biroq, o‘z qadrini bilgan, ijodkorlar mehnatini hurmat qilgan tomoshabin kinoteatrga kelib, halol yo‘l bilan filmni tomosha qilishni afzal biladi. Vijdonini arzon disklarga qo‘shib sotayotgan “qaroqchi”lar harom yo‘l bilan mo‘may daromad orttirish ilinjida cho‘ntagiga pul solayotganida necha-necha ijodkorlar peshona teri, kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlagan ijodkorlarning zahmatli mehnati, ularning rizqidan o‘marayotganini nahotki, bir bahya o‘ylab ko‘rishmasa?! Yo‘q, buni ular qaydan ham tushunsin? Nafs “bos” deb turganida, “qaroqchi” uchun bu gaplar kitobiy nasihatdek tuyuladi xolos!
“Baron” rejissyori Rustam Sa’dievning fikri bilan qiziqdik. Uning yuragida nelar kechyapti?
(Rejissyor o‘z fikrlarini yozma ravishda taqdim etdi. Uni hukmingizga o‘zgartirishlarsiz havola etishni lozim topdik!)
- Asosiy maqsadim  bu milliy kinomahsulotimizni qaysi hamkasbim suratga olishidan qat’iy nazar dunyo ko‘rsin. Bir asrlik tarixga ega milliy kinosan’atimiz yoshi ulg‘aygan sari jo‘g‘rofiyasi kengayishi o‘rniga bir joyda qotib qolishini istamayman. Shuning uchun “Baron” filmi eksperiment sifatida dunyo kinoarenasiga chiqsa, bu nainki, mening balki hammamizning, xalqimizning yutug‘i bo‘ladi. “Qaroqchi” nusxasiga kelsak, sifati yaxshi bo‘lgani bilan kinoteatr ekranida namoyish etilayotgan variantidan ancha farq qiladi. Buni kinoteatrga kelgan tomoshabinlardan so‘rang! Mazmuni, ovozidagi mukammallik va qo‘shimcha ishlov berilganligi bilan keskin ajraladi. Mamlakatimizda har sohada rivojlanish kechyapti. Shu bilan birga kino sohasida ham. Eng zamonaviy kinoteatrlar qurilmoqda, filmlar murakkab va qiziqarli syujetlar asosida yaratilmoqda. Agar kelajakka katta umidlar ila qadam tashlayotgan yoshlar didini biz tarbiyalamasak, ular tafakkuri tor, fikrlashi qoloq bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolmaymizmi?! Hukumatimizning biz kinochilar oldiga qo‘yayotgan eng asosiy vazifalar aslida shundan iborat. Bozorma-bozor, har xil yo‘l bilan 3-4 so‘m pul topish ilinjidagi “pirat”larga, ayrim aka-ukalarga  aytadigan gapim esa oxiratingizni o‘ylab ish qiling. Mayli, men sizlarni kechirdim, “videoqaroqchi”lar! Har qancha mushkul bo‘lsa-da, kechirdim. Chunki, boshga tushganini ko‘z ko‘radi. Bu ham bir sinov. Tinch yurtda yashayapman, farzandlarim yonimda, qozonim qaynayapti. Shukur qilaman. Qolgani Yaratganga tavakkal. So‘nggi xulosam esa, milliy kinomizning afsonaviy, marhum asoschilarining arvohini chirqiratmasdan vijdonan ijod qilsak, bizdan kelajak avlodga munosib kinoasarlar qoladi.
Darvoqe, biz qanchalik qat’iy choralar ko‘rmaylik, “qaroqchi”larning vijdoni esiga tushib qolib, salgina qalbida og‘riq sezmasa, har qanday kurash usuli besamar bo‘lib qolaveradi. Hammaga insof bersin!
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5765 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rustam Sa’diev, Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Azamat4846 Marddi iwini qiliwmagan lekn filmmi tarqatvorib
Like | 0
Nozima_Mirjalol Tog"ri kimlardir yillab mehnat qiladi buni ular qayodan xam bilsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное