O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali - gov.uz internet foydalanuvchilari orasida kun sari ommalashib borayotgan Telegram messenjerida o‘z botini ishga tushirdi. Bu haqda UzDaily xabar qilgan.
Loyihani ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ushbu bot foydalanuvchilarga so‘nggi yangiliklar va portaldagi o‘zgarishlardan tezkor ravishda xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.
Bot ma’lumotlarning o‘zbek va rus tillarida yetkazadi. U @govuz_bot nomi bilan faoliyat yuritadi.