Bugun, 18 yanvar kuni O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi.
Avvalroq, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida filmga tushayotgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning to‘satdan tobi qochib qochib, boshidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekkino milliy agentligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Po‘lat Saidqosimovning janoza namozi 19 yanvar kuni peshin namozi vaqtida Sag‘bondagi masjidda o‘qiladi.
"Chol va nabira" filmi haqida gap ketganda kino ixlosmandlari ko‘z oldiga O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov kelsa ajab emas. Cho‘rtkesar, donishmand qariya obrazi ko‘pchilikning mehrini qozongan edi.
Saytimiz tahririyati jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.