Qalqonsimon bez saratoniga moyil bo'lgan odamlarda smartfonlardan nurlanish kasallikning rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, deb xabar beradi “Medical Xpress”.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu sohadagi keyingi tadqiqotlar kasallik tashxisini yaxshilashga yordam beradi.
AQShning Yel universiteti mutaxassislari 900 nafarga yaqin bemorni tekshirib ko'rishdi. Tadqiqot jarayoni esa genetik sezgirligi yuqori odamlarda smartfonlardan nurlanish saraton xavfini 2 baravar oshirishi aniqlandi.
Ta'kidlanishicha, bunday qo'shma tadqiqot birinchi marta o'tkazilgan. Olimlarning fikriga ko'ra, ushbu yo'nalishdagi keyingi ishlar xavf o'chog'ini aniqlashga yordam beradi, xususan, ular qalqonsimon bez saratoni rivojlanishi ehtimoli yuqori bo'lgan bemorlarni o'z ichiga oladi.
“Keyinchalik esa kasallik haqida rivojlanishning dastlabki bosqichida ma'lumot beradi”, deydi olimlar.