Shaxzoda Muhammedovadan yangi loyiha "Ayol brilliant"
Serqirra ijodkor Shahzoda Muhammedova kutilmagan loyihasi bilan barcha muxlislarini qolaversa xalqimizning olqishiga sazovor bo‘ldi. "Ayol brilliant" deb nomlangan loyihasi doirasida u mashxur xonandalarni emas, balki, oddiy ayollarni go‘zal qilishni istadi. Uning ilk qahramoni Salimaxon opa. Ikki farzandning onasi, bolalarini otasiz katta qilyapti. Mehnati mashaqqatli bo‘lgan obodonlashtirish ishlarini qilib oila tebratadigan bu ayolga aktrisa bir kungina bo‘lsada go‘zal bo‘lishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Ular uchun eskiz chizib o‘z qo‘llari bilan shohona libos tikdi. Bu libos bilan cheklanmagan Shahzoda Muhammedova stilistlar bilan birga butunlay o‘zgacha obrazni yaratdi. O‘zini oynada ko‘rib taniyolmagan Salimaxon opa quvonchini ko‘rib, aktrisa haqiqiy baxtni his qildi.