Aktrisa Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. U deyarli har kuni o‘z kun tartibi, rejalari va ayni damdagi o‘y-xayollaridan muxlislarini xabardor qilib turadi.
Aktrisa bugun Instagram sahifasiga joylagan surat va izoh e’tiborimizni tortdi. Shahzodaning bunday tushkun kayfiyatdagi so‘zlarni yozishiga nima turtki bo‘lgani esa noma’lum.
Shahzoda Muhammedova shunday deb yozadi:
“Tiriklik —bu baxt, lekin ba’zida bu dunyoda baxtli,omadli,sog‘lom bo‘lib yashab qolish ,xayot kechirish naqadar murakkab ekanligidan qiynalib, cho‘chib......tug‘ilganiga afsus qiladi inson............. O‘lgan insonlarga hech ham achinmayman.Chunki ular qaysidur manoda bu dunyo tashvishlaridan qutilib ketdi-qo‘ydi”.