Shaxzoda Muhammedovaning Manzuraga tikkan Libosi Tanqid ostida qoldi
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova xonanda Manzuraga tikib bergan libos suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Ko‘p o‘tmay internet foydalanuvchilari libosga nisbatan turli tanqidiy fikrlarni qoldira boshlashdi, deb yozadi Uz24 nashri. Izohlarda libos dizayniga ijobiy munosabat bildirib, bu ham yangilik ekanini aytib, uning muallifini olqishlaganlar bo‘ldi. Biroq izoh qoldirganlarning aksariyati libos yoqmaganini yashirishmadi. Tanqidlar asosan, libosda o‘zbek erkaklarining milliy bosh kiyimi - do‘ppidan foydalanilgani uchun bildirildi (libosda do‘ppi tananing yelka, ko‘krak va bel qismida ishlatilgan). Kimdir ayollar libosida erkaklar do‘ppisi o‘rniga ayollarning iroqi do‘ppisidan ham foydalanish mumkin edi, desa, yana kimdir do‘ppining bosh kiyim ekanligiga urg‘u berib, uni tananing boshqa qismlarida ishlatilganini qabul qila olmagan. Ba’zilar Shahzodaga ushbu libosni yirtib tashlashini ham iltimos qilishgan. Quyida boshqa tanqidiy fikrlarni keltirib o‘tamiz: “Bachkana! Do‘ppini qaerdan olgan bo‘lsangiz, joyiga olib borib qo‘ying! O‘zbekning do‘ppisi - o‘zbekning sha’ni, g‘ururi! Masxara qilish uchun o‘yinchoq emas!” “Do‘ppini faqat va faqat boshga kiyadi. Uni aksessuar qilmaydi. Hamma narsada chegara bor, hatto san’atdayam!" “Do‘ppining qalampir nusxasini matoda ishlatsalar bo‘lardi, endi bunisi o‘tib ketdi-da! Odamlarning tanqid qilishiga sabab, bu do‘ppi bir kishiga emas, butun millatga tegishli! Bu bizning qadriyatimiz! Buni oyoqosti qilishga hech kimning haqqi yo‘q, kim bo‘lishidan qat’iy nazar!” “... Tokchada qolib ketdimi G‘afur G‘ulom kiygan do‘ppilar...”, degandi Muhammad Yusuf! Nahot kiyimga aylandi asl o‘zbek kiygan do‘ppilar?! Mayli men ortiqcha gap yozmayman, ular ajoyib dizayner, biroq bunisi yoqmadi!
u dimiza bu dimazu hammani ozini fikri bor mani oylawimcha bu kiymi korgan har bitta erke kiwini asabi buziliwi koriw bilan qaysi kalla bn tikkan diydi 99.9% bir tinga qimmat dib izoh qoldiraman