Bugun, 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Xitoy davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim kelishuvlarga erishildi, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar.