Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo‘lladi.
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kvetta shahridagi politsiya akademiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Davlat rahbari Pokiston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi hamda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga va jarohat olganlarga samimiy hamdardlik izhor etdi.