Shahlo Ahmedovaning shahvoniy klipi baribir TVda namoyish etilmoqda
Shahlo Ahmedovaning O‘zbekistonda taqiqlangan musiqiy klipi “Letnie dojdi” Rossiyaning RU.TV telekanalida namoyish qilinyapti.
Klip yoshlarni qo‘llab quvvatlovchi “Davay poprobuem!” loyihasi doirasida efirga uzatilyapti. Klip qanchalik ko‘p internet foydalanuvchilarining ovozini to‘plasa, shuncha ko‘p aylantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Shahlo Ahmedovaning “Letnie dojdi” qo‘shig‘iga olingan klipida milliy ma’naviyatga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun o‘zbek xalqi mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etilgani uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandaning lisenziyasini to‘xtatgandi.