Iste’dodli xonanda Shahlo Ahmedova tez kunda muxlislarini yangi videoklipi bilan quvontirmoqchi. Uning navbatdagi klipi "Indama" nomli yangi qo‘shiq uchun tasvirga olindi. Ma’lumotlarga qaraganda, tasvirga olish ishlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan. Bu hali hammasi emas. Xonanda tez kunda rus tilida kuylangan "Letnie dojd" nomli taronasi va klipini ham taqdim qilishni rejalashtirgan. Ushbu qo‘shiq hamda klipni yaratishda Shahlo Ahmedova Javohir Sodiqov, Shuhrat Nazarmuhammedov, rejissyor Habibullo Nabiev bilan hamkorlik qildi. Yaqin kunlarda premeralar ketma-ketligiga start berishni rejalashtirgan xonandaga omad tilab qolamiz .