Shahlo Ahmedova uzoq kutilgan yangi ijod mahsulini taqdim etadi
Yosh bo‘lishiga qaramay, katta yutuqlarga erishgan, diltortar qo‘shiqlari-yu ijro mahorati bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy egallagan Shahlo Ahmedova tez kunda yangi ijod mahsulini premera qilishini ma’lum qildi. "Sevasanmi meni" nomli taronasi va unga ishlangan klipi namoyishidan so‘ng, uzoq kutilgan navbatdagi kompozisiya "Qani" deb nomlanadi. Qo‘shiq xonandaning doimiy hamkori Bobur Umarov tomonidan yaratilgan. Shahlo Ahmedovaning so‘zlariga qaraganda, musiqiy asar uchun videoklirhp suratga olish rejalashtirilgan. Bu safar "Kani" taronasi uchun tasvirga tushiriladigan klipga Muhammadali Iskandarov rejissyorlik qiladi. Videoklip Shahlo Ahmedova va klipmeykerning birgalikda o‘ylangan g‘oyasi asosida tasvirga tushiriladi. O‘ylaymizki, yangi qo‘shiq va klip xonandaning avvalgi ijod namunalari kabi muxlislarga manzur keladi. Hozircha kutamiz va kuzatamiz.