My5 kanalining "Anhor Lokomotiv" bog‘ida o‘tkaziladigan «Muzqaymoq» shousida bu gal xonanda Shahlo Ahmedova qatnashib, loyiha muxlislarini hushnud etdi.
Ko‘rsatuvni suratga olish jarayonida notanish yigit sahnaga chiqib, tiz cho‘kib Shahloning unga turmushga chiqishini so‘radi. Samarqandlik yigit hatto sovg‘a keltirganini aytib o‘tdi.
Shahlo esa yigitga javoban: "Turmushga chiqishimga hali erta» deya, javobni qisqa qilib qo‘ya qoldi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan mazkur voqea videosini tomosha qilishingiz mumkin.