Ex mu senga oshiqman seriali hammani jinni qiladi, judayam qiziqarli tur olmoqda... Hamma qiziqmoqda...
ESLATMA:Yuragi og'ir va asabiy tomoshabinlarimizdan bu serialni ko'rmasliklarini so'rardik, Chunki davomi judayam o'zgacha tus oladi!
Bundan avvalgi 81-qism voqealar rivojini o'qish (manba)
Ritika Ranvir bilan uchrashuv tashkil qilishga rozi bo'ladi. Ammo uni bugun Sharman bilan ham uchrashuvi bor edi. Qiziq u qanday yo'l tutar ekan?!
Ritika bu borada ajoyib qaror qabul qiladi. U Sharman bilan birga restaranga borishadi. Ritika aynan shu yerga RV bilan ham uchrashuv tashkil qiladi. Ritika va Sharman endi stolga o'tiramiz deganda, Ranvir kirib keladi, Sharman Ritikadan nega RV ni chaqirganini so'raydi. Ranvir esa Ritikadan nega chaqirganini so'raydi, chunki Ritika Ranvirni ish yuzasidan muxim uchrashuv bor deb aldagan edida!
Ular suxbatlashib turgan vaqt Ishani kirib keladi, ha Ritika Ranvir hamda Ishani uchrashuvini tashkil qilgan edi.
Ular barchasi bir stolda o'tirishadi. Ishani RVni ko'ynini olishga urinadi, ammo uddalay olmaydi. Ranvir ketmaman deganda Ritika bunga yo'l qo'ymaydi. Ritika hamda Sharman bir-birlariga ovqat yedirishadi, Ishani ham Ranvirga yedirib qo'ymoqchi bo'lganda Ranvir jaxl qiladi.
Ritika hamda Sharman buni ko'rib, ularni stolidan turib ketishadi. Ishani Ranvir bilan gaplashishga urinadi. Ammo Ranvir bunga yo'l bermaydi.
RV: uchrashuv tugadi, bu yerda qolishimga endi sabab yo'q
Ishani: Sabab bor? Sabab shuki men sizning xotinizman.
RV: Sen men uchun sabab bo'lolmaysan. Biz er-xotin emasmiz. seni rafiqam deb tan olmayman, deydi.
Ishani bu gaplardan so'ng yeg'lagancha u yerdan chiqib ketadi, shunda uni Ritika to'xtatib, nega chiqib ketding, naxotki shunchalar oson taslim bo'lding, deb aytadi. Ishani esa unga sababi chuntiradi.
Ritika unga ortga qayt, ammo RV ni yoniga emas, shunchaki o'zing uchun, kechada vaqti-chog'lik qil, Bu restaranning egasi mening do'stim, u bizga yordam beradi. tarona.net sayti ma'lumoti Sen otga qaytib, kechadan lazzatlan, faqat RV siz! Shunda ko'rasan u sen uchun qanchalar qayg'urishini, deydi. Ishani rozi bo'ladi va kechaga qaytib, saxnaga bir qancha yigitlar bilan birga raqisga tusha boshlaydi. RV buni ko'rib juda g'azablanadi, uning jaxli chiqqani shundoqqina ko'zidan ko'rinib turardi. U bir afitsantni yoniga chaqirib, unga topshiriq beradi, U afitsan hop deb bir qancha qadaxlarga ichimlik soladi va ichimlikka surgi dori qo'shib yuboradi.
So'ng shu ichimliklarni Ishani birga raqis tushayotgan yigitlarga olib boradi, hamma yigitlar uni ichishadi. Sal vaqt o'tgandan so'ng barchalarini qorni og'rib, saxnani tark etishadi. Ishani saxnada yolg'iz qolgan, u yeni takr etishga majbur bo'ladi.
Ranvir Uni yoniga kelib: Nima bo'ldi, oshiqlaring qayerga qochib ketishdi? Soxibjamol shu yerda, Maxluq yo'qoldimi?
Ishani: Men sezgandim siz yonimga kelishingizni.
Ranvir: Chiroyinga juda ko'p ishonib yuboryapsan. Bilasanmi chiroying ham hech narsa emas. Ko'rdingmi, odam sen bilan birga raqisga tushgani kelib, bir o'zingni yolg'iz qoldirishdi.
Ishani: Agar mening erim meni boshqalar bilan birga raqisga tushimni hohlamasa, unda ular meni yolg'iz qoldirishlariga qarishi emasman. Men siz bundan qanchalar jaxlingiz chiqganini ko'rdim. Hammasi chunarli, men siz uchun ahamiyatga egaman. Shini bilib qo'ying, ayolni eridan faqat o'limgina ajratishi mumkin.
Ranvir: Bunaqa gaplarni yeg'ishtir. Bu nimasi! men seni xotinim deb tan olmayman. Biz er-xotin emasmiz. Nima xoxlasang shuni qil. Ammo men seni hech qachon xotinim deb tan olmayan.
RV u yerni tak etadi. Mashina ketayotganda, nazorat postidagi militsiya xodimlari uni to'xtatishadi va yuk bo'lmasini ochishni so'rashadi. Ranvir ochadi, u yerda Ishani yotardi. Ishani atayin RV ga bildirmay tushib olgandi.
Militsiya xodimlari Nima sababdan bu yerda ekanligini so'rashadi, sizni bu janob o'g'irlab ketyaptimi? bizga ayting? uni taniysizmi? biz uni xibisga olishimiz mumkin deydi. Ishani esa Jiiiiim!
RV: U gapirmaydi, Uning ismi Ishani! Men bugun uni ayolim deb tan olmagandim. Shuning uchun u bu tamoshani uyishtirgan. Ha u mening xotinim! biz er-xotinmiz, deydi. Ishani Ranvirni gaplaridan hursand bo'lib, uning so'zlarini tasdiqlaydi. So'ng ular birgalikda uyga ketishadi.
Uyda Amba o'g'lini kutayotgandi, ahr u Ranvirni Ritika bilan birga uchrashuvga ketdi, deb o'ylardida!
Ammo qarasaki Ranvir Ishani bilan birga kirib keladi. Amba buni ko'rib jaxli chiqib ketadi. So'ng ertasi kuni ajoyib reja tuzib, buni amalga oshirish uchun yolg'onchi Chirakni yoniga boradi. tarona.net sayti ma'lumoti Chirak bilan ko'rishib, unga: O'z Laylingni bizning uydan olib ket, bugun uyimizda bayram sen bugun borib, Hamming ko'z oldida, Ishani ikkingiz bir-biringizni sevishingiz, qisqasi barcha haqiqatni aytishingni va uni bizdan halos qilishingi hohlayman! Bilan sen hech bir ishni tekinga qilmaysan, men bu uchun senga katta miqdorda pul beraman, deb oldindan avans sifatida Chirakga pul beradi.
Chirak bu ishga rozi bo'ladi!
Uyda esa barcha bayramga tayyorlanar edi. Ishani pastga tushib oilasi bilan birga o'tirib marosimni ado etadi, barcha Ishaniga moy surtadi. Bu ikki yoshni bir umr birga baxtli hayot kechirishlari uchun qilinadi. Ammo bunda Ranvir qatnashmaydi. Falguni Ishaniga: Ishani marosim tugadi, ammo Ranvir kelmadi, deydi.
Ishani: hech qisi yo'q oyijon, agar u kelmasa, men o'zim uning yoniga boraman, deb moy hamda laddudan olib, Ranvirni oldiga chiqib ketadi. Ishaning oyoqlari ham moy edi, sirpanib ketay deb zo'rg'a yurardi. Yolda RV ni ko'rib qoladi, Unga laddudan beradi. So'ng uning yuziga moy surtmoqchi bo'lganda Ranvir qo'li bilan itaradi, shunda Ishanining qo'lidagi likobcha yerga tushadi, unda moy esa hamma yoqga oqib ketadi. Ranvir jaxil bilan u yerda ketayotganda, yerga oqgan moyga sirpanib, yeqilib tushadi, Ishani uni qutqarmoqchi bo'lib, u xam yeqiladi. Ikkaligi turishga urinishadi ammo uddalay olishmaydi. Ishani Ranvirni ustiga yeqiladi. Yana nigoxlar to'qnashuvi, yana romantika va yana biz sevgan tarona!
Ular bir birlarini quchoqlab, amallab turib olishadi.
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
|