Serial qizigandan qizomoqda! Bugungi qism yanada qiziq!
Bundan avvalgi 64-qism voqealar rivojini o'qish (manba)
Chirak Ishaniga yana Ranvirni yomonlaydi. Ishani senga aytgandimku otangni o'limiga Ranvir sababchi deb, kordingmi Shifokor ayol ham buni tasdiqladi. Ishani Ranvir sen o'ylagandek yaxshi inson emas, U meni aldab bor davlatimni tortib oldi. Uni hujjatlarini qidirsang meni nomidagi hujjatlarni topasan. Shunda meni aldamaganimni bilasan, deb Chirak u yerdan ketadi.
Ishanini oldiga Ranvir keladi va uni mehmonxonaga qayta olib ketadi. Ranvir Ishanining tushkun va hayoli parishonligini ko'rib, u haqida tashvishlanadi va ertagayoq Ishanini uyga olib ketishim kerak deb aytadi.
***
Ular uyga qaytishadi, Uyda esa karvchot haqida butun oila muxokama qilishardi. Shu vaqt Ranvir hamda Ishani kirib kelishadi. Oila a'zolari tez kunda Karvachot bayrami bo'lishi Ishani unga tayyorlanishini va bayram sovg'asi sifatida RV dan istagan narsasini so'rashini aytadi. Ishani biroz o'ylab: Men sizdan ilk bor biror narsa so'rayman, men uchun otamni eng ohirgi oficce (yani u vafot etgan joy) ni olib, shu officeni meni nomim bilan oching, deb so'raydi. Ranvir bu gapni eshitib o'ylanib qoladi, Ishani uni o'ylanib qolganidan hayron qolib: nega o'ylanib qoldingiz, siz otamni deyarli barcha officelarini sotib oldingiz, ammo shuni olmagansiz. Bunda qanday sir bor deb so'raydi. Ammo RV yana jiiim! Bundan keyin Ishani mayli agar buni iloji bo'lmasa hojati yo'q, deb xonasiga kirib ketadi. Shundan so'ng RV dan shubxalana boshlaydi. Uning o'ylari Ranvirni ayibdor derdi, Yuragi esa uni aybi yo'q derdi...
***
Ertasi kuni Ranvirdan shubxalangan Ishani uning hujjatlari orasidan Chirakga oid dokumentarni qidiradi, Shu payt xonaga RV va uning onasi kirib kelishadi. Ranvir onasidan hujjatlar to'la papkani oladi, Amba Ranvirga: extiyot bo'l o'glim, bu hujjatlar orsida Chirakni uy hujjatlari ham bor, uni hech kim ko'rmasin, Ishani bilmaslin, deydi. SHunda Ranvir: Oyijon men nega buni Ishanidan Yashirishim kerak, Men undan hech narsani yashirmayman, men unga to'liq Ishonaman, Chirak men bilan o'yin qilmoqchi bo'ldi, u yutqazdi va bu hujjatlar menda qoldi. Men uni zo'rlik bilan olib qo'yganim yo'q, ku deb aytadi.
Ishani esa ularning bu suxbatini eshitib turardi, Ranvir mendan buni yashirmasligini aytyapti, unda nega bularni mendan yashirgan ekan deb yana shubxada!
Shunda RV ning telifoni jiringlab qoladi va onasidan barcha oila a'zolari yeg'ilishini, ularga aytadigan gapi borligini aytadi. Barcha oila a'zolari yeg'ilishadi. Ranvir: Ishani sen kecha hammani oldida mendan ilk bor bir narsa so'raganding, men ham bugun barchaning oldida bir gap aytmoqchiman. Sen so'ragan officcening ertaga ochilish marosimini o'tkazamiz, ertaning o'zida officce hujjatlari sening qo'lingda bo'ladi, men u yerda senning nomimng bilan biznesni yo'lga qo'yaman, deb aytadi.
Ishani bu gaplarni eshitib, RV rozi bo'ldi, demak mendan hech narsani yashirmayotgan ekan, men esa undan shubxalandim, deb o'ylab qoladi.
***
Ayyor Disha esa bu habarni CHirakga aytadi. Chirak esa bundan hursand bo'ladi va Dishaga ertaga officega borishganda Ishanini bosh darvozadan olib kirishini aytadi.
***
Ertasi kuni barcha ochilish marosimiga yo'l olishadi.
Chirak esa oldindan u yerga kelib, o'sha joyda ishlaydigan soqchiga pul beradi, va Ishanining oldida RV ga uni Harshad Parex vafot etgan kun ko'rganini aytishini so'raydi. Avvaliga soqchi bunga rozi bo'lmaydi, men u kuni Ranvir janoblarini ko'rmaganman deb aytadi, ammo Chirak avrab u soqchini shunday deyishga ko'ndiradi.
Ranvir, Ishani va Disha bir mashinada kelishayotgan edi, Ular yetib kelishadi, lekin Ranvir ularni orqa eshikdan olib kiradi. Disha Ishanini old eshikdan olib kirishga urinadi, ammo uddalay olmaydi.
***
Panditji marosimni boshlaymizmi, deb so'raydi. Shunda RV biroz shoshmang, hali eng asosiy inson kelganlari yo'q deb aytadi. Shu payt Ranvirning yordamchisi kelib qoladi. Ranvir uni qolidagini olib, barchani oldida ochadi, Uning ichida marxum Harshad Parekxning surati bor edi. Ranvir: men bugun niimaga erishgan bo'lsam bunga shu inson sababchi, men har bir ishimni ular bilan birga boshlayman, deb aytadi. Ishani bu gaplarni eshitib juda ta'sirlanadi. Ha, u Ranvirni bundan yo'l tutishini kutmagandi. U otamni shunchalik hurmat qilar ekan, nega u otamni o'ldirishi kerak, deb o'ylaydi va boshqa undan shubxalanmasligini aytadi. Yana Ranvirga ishona, uni yanada qattiqroq yaxshi ko'ra boshlaydi.
Marosim boshlanadi.
Pudji uchun qizil rangli kumkum kerak edi. Lekin ranglar orasida u yo'q edi. Disha uchun qulay fursat kelgandi. U kumkumni do'kondan Ishani bilan olib kelishini aytadi.
Ranvir buni hohlamaydi. Panditjidan boshqa rang ham bo'laveradimi deb so'raydi. Ishani uni mashinda qoldrigan bo'lishini, mashinani tekshirib kelishini aytadi. Ranvir va Ishani tashqariga chiqib ketishadii. Ishani kumkumni qidiradi lekin topolmaydi. Ranvir uning yoniga keladi. Ishani uni o'padi deb o'ylab ko'zini qattiq yumib oladi. Ranvir Ishanining peshonasiga peshonasini tekkizib, peshonasidagi qizil rangdan o'zining peshonasiga ham tekkizib oladi. Ranvir Ishaniga er har qanday vaziyatda xotiniga yordam berishini va topshiriq bajarilganini aytadi.
Ishani xonaga ketayotsa Ranvir uning qo'lidan ushlaydi va unga Office hujjatlarini beradi.
Ular xonada pudji marosimini boshlashadi. Pandit ji hujjatlarni berishini so'raydi. Hujjatlarni ochib stol ustiga qo'yadi. Hujjatda Ranvir ushbu offissni Falguni onaning nomiga rasmiylashtirganini ko'rib qoladi. va: Siz ofisni onamni nomiga oldingizmi, so'raydi.
Hamma bu gapdan hayratga tushadi. Ranvir Ishaniga sening oila a'zolaring mening ham oilam. mening barcha narsam seniki hamdur. Nima men sening oila a'zolaringa biror narsa sovg'a qilishim mumkin emasmi? Ishani bundan hursand bo'ladi va Ranvirga rahmat aytadi.
Tashqarida esa Chirag hali ham ularni kutardi.
Ular marosimini tugatishadi. Ranvir hammaga shirinlik tarqatadi.
Shu payt Pandit soxib Ishaniga; - Qizim Ishani, buni ol. Bu kakosni bosh kirish joyida sindir.
Ranvir: yo'q, bunday qilma, bunga hojat yo'q, uni shu yerda sindirsa bo'lmaydimi deb so'raydi.
Panjit janob esa yoq, buni kirish joyida sindirish kerak deb, aytadi.
Negadur Ranvir Ishanining ko'cha chiqishini, biror kim bilan gaplashib qolishini xoxlamayotgandek tuyilvotdi, manga!
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
|