Senga Oshiqman seriali 59-qism (Voqealar Rivoji 03.07.2015)
Assalomu alaykum "Senga Oshiqman" hind serialining ashaddiy muxlislari, bugun kun davomida siz intiqib kutgan maqola! Hozirda siz uchun serialning navbatdagi 59-qismida nimalar bo'lishi haqida gaplashamiz.
** Avvalgi 58-qismni o'qish, manba
Chirakdan kelgan habarni o'qigan Ishani yugurgancha tashqariga chiqadi, Chirag yana uni aldashga urinib xar-hil gaplarni gapira boshlaydi. Ishani unga ishonmaydi.
Ishani unga: endi men seni yolg'onlaringa uchmayman, Ranvirni yomonlashingdan foyda yo'q, chunki men kim yaxshiyu, kim yomon ekanligini bilib bo'ldim. Shu ikki yil davomida siz men yoki oilam uchun nima qildingiz CHirak? Hech narsa. Ranvir esa shu ikki hafta ichida oilam uchun juda ko'p ishlar qildi, deb aytadi.
***
Ishani xonasiga kirib krovatiga yotsa Ranvir ham kirib keladi
Ranvir va Ishani yana joy talashib tortishishadi, uzoq tortishishdan so'ng Ranvir atayin Ishaniga yutqazib beradi va polda yotishga rozi bo'ladi.
- Ishani sen yutding. Endi krovatda uxla men esa polda yotaman. Bunga o'rganib qolganman. Ona-yerning bag'rida yotsam, xotirjam uxlayman. Xuddi onamning tizzasiga bosh qo'yib yotganday bo'laman.
Men to'shak va yopinchig'imni olib kelay.
Shunday deb u yopinchiqlarini olib keladi. Polga joy solib yotadi.
Ishani krovatga yotgancha sekin yig'lashga tushadi. Ranvir buni eshitib qoldi va undan nega yig'layotganini so'raydi. Ishani Ranvirni yoniga o'tirishini so'raydi.
Ishani: Otamni sog'indim...
Ranvir: Hammamiz ham shundaymiz. Sog'inganlarimizni eslab yig'laymiz. Bu sog'inch ko'z yoshlari esa hech qachon to'xtamaydi!
Ishani: Hamma otamni yurak hurujidan o'lgan deb o'ylaydi. Aslida unday emas. Otam to'k urishi natijasida o'lgan.
Ular Divali bayrami kuni katta biznes rejalashtirgandi. Lekin u qisqa to'k urishi natijasida xalok bo'lgan. O'sha kuni men uni yo'qotdim, Butun umrga!
U yig'lardi. Ranvir unga yaqinlashdi. Ishani Ranvirning bag'riga bosishiga qo'yib yig'ladi. Birozdan so'ng Ishani o'zgardi va Ranvirning bag'ridan o'zini oldi.
Ishani: Bu gaplarni nega sizga aytyapman, o'zim ham bilmayman. Shu paytgacha hechkimga bu gaplarni aytmagandim! Balkim meni hammadan yaxshi tushunganingiz uchundir. Hammadan yaxshi do'st bo'lganingiz uchundir. Endi esa mening bitta ham do'stim yo'q.
***
Disha homiladorligini aniqlash uchun homiladorlik testini o'tkazishi kerak edi, uchun shunday vannaga kirmoqchi bo'ladi. Zalda ketayotsa Ranvir zinadan telefonda gaplashib tushayotgan bo'ladi. Disha darxol ustun orqasiga berkinadi. Shu payt Ranvirning ortidan Ishani ham yugurib tushadi.
Ishani: Ranvir! Soatingizni unutib qoldiribsiz!
Ranvir soatni qo'liga taqadi va ishiga ketadi. (Ranvir ketar ekan, Ishani unga qarab, qani endi avvalgidek do'st bo'la olganimizda... deb o'ylaydi, bundan so'ng RV ham Ishaniga qarab, biz hech bo'lmasa do'st bo'la olishimiz mumkin ekan... deb u ham o'ylaydi).
**
Disha Ishanining vannaxonasida test o'tkazadi. Bu payt Ishani xonasiga kelayotgan edi. Disha xomiladorligini bilgach: "- Endi nima qilaman. Buni boshqalarga qanday tushuntiraman" deydida, testni yo'qotmoqchi bo'ladi. Derazaning oldiga borib, derazadan testni uloqtirib yuboradi. Shundoq uloqtirib yuborishiga xonaga Ishani kirib keladi. Dishadan xonada nima qilayotganini so'raydi. Disha bir nimalarni baxona qilib xonadan chiqib ketadi. Ishani esa o'ylangancha qoladi: "- Nega bunchalik hayajonlandi?"
Bu payt bog'da Lakshmi gullarga qarab yurgan bo'ladi. Test uning oyog'i ostiga kelib tushadi. Uni qo'liga olib hayron bo'ladi:
- Bu homiladorlik testiku, qayerdan kelib qoldi. Bu Ishanining xonasidan tushdimi? Ishani homilador....
U testni Ranvirning onasiga olib boradi. Ranvirning onasini jaxli chiqadi. Falguni, Ishani va buvisini chaqiradi.
"Qizing Chiragdan farzand kutayapti?" deyishi bilan hammasi hayratga tushadi.
Falguni: Buni isbotsiz qanday gapirayapsiz?
Ranvirning onasi: Mana isboti.
U shunday deb stoldagi homiladorlik testini ko'rsatadi.
Bu payt Ranvir uyga qaytayotgan va Ishani uchun chiroyli gullar sotib olayotgan edi.
Eslatma:ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...