Haaaa Senga Oshiqman, bugungi kunga kelib ushbu serial juda ham ommalashdi, Uni nafaqat O'zbekistondan, balki butun dunyodan muxlislar sevib tamosha qilishmoqda.
Avvalgi 59-qism voqealar rivoji haqida sizlarga aytib o'tgan edim. (manba) Ayrimlar Nega admin etgan joylari bo'lmadi, nega ba'zi joylari sakrab-sakrab ketdi deb savol bilan bizga murojaat qilishdi. Gap shundaki Yoshlar teleradiokanali doimgidek uzishni yoqtirgani bois, yana uzishlar bo'ldi.
Men sizlarga Ishanini Amba Homilador deb o'ylagani haqida gapirib o'tgan edim. Amba uni so'roq qilib, takroran homiladorlik testi topshirishini so'rashi kerak edi. Ammo negaligini bilmadimku, TV da aynan shu Dishani homilasi bilan bog'liq bo'lgan barcha lavhalarni kesib tashlashdi. Deyarli 20 daqiqalik (bu taxminan bitta qismning yarmiga teng) voqealar, lavhalarni kesib tashlashdi. U yerda ajoyib holat bo'lgani bois men uni qisqacha sizlarga so'zlab beraman:
Amba Ishanini takror test o'tkazishga majburlaydi, Ishani noiloj homiladorlik testini o'tkazadi. Amba uni olib, qaramasdan Falguni va uning oilasini ursha ketadi. Ularni ayblaydi. Ishani avvaldan Chirakdan homilador bo'lgan, sizlar buni bilib turib, menga Ishanini kelinlikga berdingiz deb urshayotgan vaqt RV kelib qoladi. Amba o'g'liga Ishani CHirakdan farzand kutayotganini aytib, unga test natijalarini beradi, Ranvir esa Testni otib yuboradi, va deydi: Oyijon, men Ishaniga ishonaman, uni bolaligimdan yaxshi bilaman, u hech qachon bunday qilmaydi, uning homilador emaslini bilishim uchun test natijalariga qarashim shart emas, agar shunday qilsam unga nisbatan ishonmagan bo'laman. Men esa unga o'zimdanda ko'proq ishonaman. Mening rafiqam hech qachon bunday ish qilmaydi. (RV ning bu so'zlaridan Ishani va uning oilasi lol qolishadi, Ishani Ranvir bunday deyishini kutmagandi). Bu gaplardan so'ng RV Ishanini olib honaligiga chiqib ketishadi. Ishani RV ga: nega bunday qildingiz? Menga shu qadar qattiq ishonasizmi? deb savol beradi, shundan so'ng bugun namoyish etilgan lavhalar bo'ladi.
Endi kelgusi 60-qism haqida gaplashsak:
Falguni va Ishani suxbatlashib turishardi, Falguni Ranvir hamda Ishani birga baxtiyor ekanliklarini ko'rib quvonib ketganini, uni Ranvirga uzatib adashmaganligini, agarda biror kim mendan sen haqinda so'rasa men ularga: mening qizim o'z turmush o'rtog'i bilan birga baxtli hayot kechirishmoqda deb aytaman deydi Ishaniga. Ishani: Oyijon sizga buni qanday chuntirishni bilmayman, ammo siz meni turmushga chiqishga undab to'g'ri qilgan ekansiz. (Ushbu qisqa suxbatdan so'ng ona bola Dishani qidirishga tushishadi, uni hech qayerdan topisholmayotgan edi.)
Disha esa shifokor qabuliga bolani oldirish uchun kelgan, shifokor uning ko'rik natijalarini ko'zdan kechirib unga uning kam qonli hamda qon bosimida muammolari borligi bois hozirda bolani oldirish havfli ekanligini aytadi. Disha esa havfli bo'lsa ham buni qilishini so'raydi. Shunda shifokor ayol unda avval oila a'zolaringizni bir tasi bilan gaplashishim kerak deydi, Disha o'ylanib qo'ladi, shu payt shifokor honasiga Ishani kirib keladi va men uning opasiman deydi.
Ishani va Disha suxbatlashishadi, Disha unga bor gapni, bolani otasi kim ekani, Rishi uni shunchaki o'yinchoq qilganini aytib beradi. Bu gaplarni eshitgan Ishani Rishiga bu topshiriqni kim berganini bilish uchun Disha bilan birga qamoqxonaga borishadi, U yerda Rishidan shu savolni so'rashadi, shunda Rishi bu ishlarni Ranvirning buyrug'iga ko'ra qilganini aytadi. Ishani ishonmaydi, shunda Chirak paydo bo'lib,: Ishon Ishani, RV seni aldamoqda, u sen va sening oilangdan o'ch olmoqchi, ko'rdingmi hatto uni sodiq yordamchisi ham buni tasdiqlamoqda deydi. Ishani o'ylanib qoladi, Chirak va Rishi ning so'zlariga ishongandek bo'ladi, ammo saldan so'ng ikkingiz ham boshqa Ranvirga tuxmat qilmang, men unga butkul ishonaman, har qancha uni yomonlamang, baribir men unga ishonaveraman, sizlar qancha uni yomonga chiqarsangiz meni unga bo'lgan ishonchim shuncha ortadi. Rishi sen nima deb o'ylagandik, Disha sabab seni qamoqdan chiqaradi debmi? Bilib qo'y Disha yolg'iz emas, men va mening turmush o'rtog'im u bilan birgamiz, deydi va chiqib ketishadi.
Rishi Chirakga: men seni etganingni qildim, endi meni ozod qil deb aytadi. Gap orasida Rishi: ex Ranvir chiroyli gaplari bilan Ishanining ishonchiga kirib olibdi, bir paytla u ho'jayni ishonchiga ham kirgan edi, hattoki u Pariklar uyidan haydalgan bo'lsa ham Ishanining otasi Xarshad Parik unga ishonardi. Xarshad olamdan o'tgan kun RV u bilan ko'rishgani ham borgandi, deb aytadi.
(Chirak bu so'zlarni eshitib qayta jonlanadi, u olovuddinning sexrli chirog'ini qo'lga kiritdim deb quvonadi)
Ishani Dishani urshib, uyga olib keladi. Uyda Disha va Manasning unashtiruv hamda to'y kunini belgilash uchun Manas oilasi bilan o'tirishardi. Ranvir Ishanini kulib qarshi oladi va turli hil hazillar qiladi Ishaniga. Uni yana hammani oldida "Sani" deb chaqiradi. Qo'li bilan maxkam Ishanini ushlab oladi. Buni ko'rgan Falguni quvonib ketadi.
Endi to'y kuni belgilashmoqchi bo'lganda, Ishani to'xtashlarini, Disha va Manas gaplashib olishlari kerakligini aytadi. Manas va Disha aloxida honaga kirib suxbatlashishadi, Ishani Disha Manasga bor haqiqatni aytadi deb o'ylaydi, ammo Disha u gapni aytmaydi. Bundan Ishani behabar edi. Shundan so'ng to'y kunini belgilashadi. Falguni Dishadan hursandmisan deb so'raydi, Disha: ha oyi juda hursandman, lekin bu quvonchimni do'stlarim bilan ham baxam ko'rmoqchi edim. ularni taklif qilib mexmon qilish uchun bizning honamiz kichik, ular u honada o'tirishmaydi deb aytadi. Bu gaplarni eshitib turgan RV: Sen ularni bu yerga taklif qilishing mumkin, men kecha uyishtirib beraman, Sen do'stlaringni shu uyga taklif qilishing mumkin. Kelinglar bazim uyishtiramiz, deb aytadi.
Disha: Men nega bunday qilayotganingni bilaman RV, ammo hali ko'rsan, men ba'zimda seni qay holatga solishimni! (yoooo tavba bu jinni qiz ekan, U uchun jon kuydirvotgan insoniga qarshi borsaya).
Ertangi kunda barcha ba'zimga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. RV hizmatkorga mashina Ishani uchun sovg'a borligini, uni olib kelib berishni so'raydi, hizmatkor uni olib kelib Ishaniga beradi. Ishani uni ochib qarasa ichida sportchilar shug'illanadigan tosh bor edi, Ishani ko'rib jaxli chiqadi. RV dan nega bunday qilganini so'raydi. RV bu senga emas, bu men uchun hizmatkor adashib senga boshqa qutini olib kelibdi eydi. Ishani albatta ishonmaydi. Yolg'on gapiryapsiz bu toshlar men uchun, chunki siz meni Sanni Diol ga o'xshashimni, u kabi mushaklarim chiqishi hohlaysiz deydi.
RV: ha, bu haqida o'ylab ko'rmagan ekanman. yaxshi fikr aytding. (Ishani RVnini ura ketadi, shunda hizmatkor ayol adashib ketganini aytib, boshqa sovg'ani olib keladi. Ishani uni ochib qarasa qutida juda chiroyli qizil rangdagi sari bor edi)
Bazim boshlandi. Aynan shu payt Sanjiv Zaveriy RV ga tavsiya qilib aytgan ishchi Ranvir bilan ko'rishgani keladi. U ham biz tanigan va bilgan inson. Qiziq u kim bo'lishi mumkin!...
Davomini endi keyingi sonlarda yozaman...
(Oldindan aytay yuqoridagi bayon qilganlarim serial qismlarida mavjud, ammo Yoshlar telekanali bularning ba'rini namoyish etmasligi ham mumkin. Muxlislar talablariga ko'ra bu safar biroz ko'proq yozdim. keyingi 61-qismdan ham ozroq qo'shimcha qildim.!)
VIDEO TURINI KO'RISH
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
|