Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Osiyo-Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Semirmaslik uchun qanday qilib kam yeyish mumkin?


O‘z qaddi-qomati haqida qayg‘uruvchilar ovqatlanish tartibiga jiddiy e’tibor berishadi. Ular ovqatni imkon qadar kamroq yeyishga harakat qiladilar. Ammo buni doim ham amalga oshirib bo‘lmaydi. Quyida ko‘p yeb qo‘yishdan aziyat chekayotgan, qomati haqida jiddiy qayg‘uruvchilarga foydali tavsiyalar berib boramiz...

Oshxonada ko‘zgu bo‘lishi kerak

Markaziy Florida universiteti mutaxassislari, psixologlar ko‘zguga qarab yoki aksincha, ko‘zgusiz ishtirokchilarni ovqatlantirgancha tajriba o‘tkazib ko‘rishdi. Ularga shokoladli pishiriq va salatlar berildi.

Natijalarga ko‘ra, ko‘zguda o‘zini ko‘rib, shirinlik yeb o‘tirganlarga yegulik shirin tuyulmagan. Ko‘zgusiz salat yeganlar esa aksincha, mazza qilib ovqatlanishgan. Tadqiqot muallifi va boshqaruvchisi Ata Jami olingan natijalarni quyidagicha izohlagan: “Ko‘zgudagi aksiga qaragan inson nafaqat o‘z ko‘rinishini, balki amalga oshirayotgan ishining qanchalik noto‘g‘ri ekanligini anglab yetadi. Buni baholay oladi”. Jamining aytishicha, ko‘zgu nomaqbul ovqatni yaxshi ko‘radiganlarga ularning xatti-harakati sog‘lom turmush tarzi talablariga javob bermasligini va noqulaylik tug‘dirishini ko‘rsatib turadi. Aynan shu tufayli inson iste’mol qilayotgan ovqatidan yetarlicha lazzatlana olmaydi.

Sokinlik va anglash

Baland musiqa yoki televizor chaynash, yutish kabi ovozlarni sezdirmaydi. Natijada, biz o‘zimiz bilmagan holatda ko‘p yeb qo‘yamiz. Agar biz qanday ovqatlanayotganimizni eshitsak va his qilsak, mavjud holat o‘zgaradi. Professor Rayan Elderning aytishicha, “baland tovushlar ovqatni qabul qilish, anglash jarayonini buzadi. Bu 2-3 martada bilinmasligi mumkin, ammo uning surunkali davom etishi tanadagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi”.

Atrofdagi tozalik

Tozalik nafaqat estetik zavq, balki ovqatlanishda ham muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqotchi Lenni Vartanyanning aytishicha, betartib yerda ovqatlanish parhez tutish uchun zararli. Bu hamma narsa tartibdan chiqib ketdi, nega endi ovqatdan o‘zimni tiyishim kerak, deyishga sabab bo‘ladi. Qomat rasoligini istasangiz, oshxonadagi tartib va tozalikni saqlashga harakat qiling.

 



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2177 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ozish, Qanday qilib, mumkin, kam yeyish, Semirmaslik uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное