Sankt-Peterburg osmonida noma’lum uchar jism portlab ketdi
Sankt-Peterburg osmonida 5 iyul kuni soat 13:00 atrofida noma’lum uchar ob’ekt portlab ketdi. Voqea guvohlari buni videoga yozib olishdi.
Videoda ko‘rinishicha, uchar jism shahar tomonga uchib kelayotganida portlab ketgan va qoldiqlari turli tomonlarga sochilib ketgan.
Ushbu video “Federalnoe agenstvo novostey” nashri tomonidan internetga joylashtirildi.
Biroq Sankt-Peterburg favqulodda vaziyatlar boshqarmasi osmonda hech qanday favqulodda vaziyatlar qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Nashr ushbu noma’lum uchar jismning portlashi harbiy-dengiz salonining yakunlovchi kuni dasturiga kirgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan. Biroq salon tashkilotchilari ham bu xabarni tasdiqlashmadi.