Sankt-Peterburgda 73 yoshli ayol axloqsizlikda ayblanib qo‘lga olindi
Sankt-Peterburg polisiyasi shaharda fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar ayolni qo‘lga oldi. Ular orasida bir nafari o‘zbekistonlik bo‘lib, uning yoshi 73 da ekanligi xabar qilinmoqda.
Engil tabiatli ayollar Sankt-Peterburgning Ivanovskiy ko‘chasidagi xonadonda yashashgan.
Shirin ismli 73 yoshli o‘zbekistonlik ayoldan tashqari yana bir 35 yoshli Feruza ismli ayol ham fohishabozlik bilan shug‘ullangani aniqlandi.
73 yoshli Shirin ismli ayol o‘z “xizmati” uchun 1200 rubl, ya’ni taxminan 160–170 ming so‘m olgan. Qo‘lga olingan 3 ayolga nisbatan ma’muriy ish ochildi.