Rossiya Tergov qo'mitasi rasman ma`lum qildiki, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi Akbarjon Jalilovdir.
«Tergovda Sankt-Peterburg metrosidagi vagonda o'zini portlatgan terrorchi shaxsini aniqladi. U 01.04.1995 sanada tug'ilgan Akbarjon Jalilov bo'lib chiqdi», — deyilgan qo'mita tarqatgan press-relizda.
Qo'mita ma`lumotida «Ploshchad Vosstaniya» bekatida aniqlangan va zararsizlantirilgan bomba ham Jalilov tomonidan qoldirib ketilgani tasdiqlangan.
«Ekspert-kriminalistlar «Ploshchad Vosstaniya» bekatida topilgan va ichida portlovchi qurilma bo'lgan sumkada Jalilovning barmoq izlari borligini aniqladi», — deyilgan ma`lumotnomada.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploshchad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlash sodir bo'ldi. Yana bir bomba «Ploshchad Vosstaniya» bekatiga o'rnatilgandi. Portlash oqibatida halok bo'lganlar soni 14 nafarni tashkil qildi, 49 kishi jarohatlandi.