Qirg'izistonda yashovchi erkak yaqindagina «Samsung Galaxy S10» smartfonini xarid qilgandi. Zaryadkaga qo'ydi-yu, oradan ma'lum vaqt o'tgach, smartfonni blokdan chiqarmoqchi bo'ldi. Ana shunda kutilmagan hodisa yuz berdi. Oldiniga simlari qizib ketdi. Keyin smartfon portladi. Hammayoq tutunga to'ldi. Yaxshiki, smartfon egasining o'zi jabr ko'rmadi.
Jurnalistlar surishtirishganda, smartfon egasi natija nima bilan tugagani, kompaniyaga murojaat etdimi, murojaat etgan bo'lsa, ular tovon puli to'lashdimi, yoki boshqasiga almashtirib berishdimi, ishqilib, shu kabi masalalar xususida hech narsa demadi.
Umuman aytganda, «Samsung-elektroniks» kompaniyasi tarafidan ishlab chiqarilayotgan smartfonlar tez-tez portlab ketadigan bo'lgan. Ajab emaski, mutasaddilar shunday yoqimsiz holatlarning oldini olishsa, o'z mahsulotlari sifatiga e'tibor qaratishsa.