Samsung’ning yangi flagman smartfoni — Galaxy S6 2—5-mart kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress texnoko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi,deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” BGR.com’ga tayanib.
Smartfon 5,1 dyuymli Quad HD (577 dpi) displeyi, 20 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega bo‘ldi. Ichki xotira hajmi 32, 64 va 128 gigabaytni tashkil etadi. Bundan tashqari, qurilmada tezkor quvvat olish funksiyasi bo‘lib, u 10 daqiqa ichida smartfonga to‘rt soatlik “hayot” qo‘shib beradi.
Yangi flagman smartfonida Samsung Amerikaning Qualcomm kompaniyasi chiqaradigan Snapdragon protsessorlaridan voz kechadi, buning o‘rniga o‘zi ishlab chiqayotgan Exynos chiplaridan foydalanadi.