Samsung kompaniyasi Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan WMC ko‘rgazmasida o‘zining Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “20minutes.fr”.
S6 Edge’ning S6’dan farqi – ekranining yon tomonlarda ham joylashganidir. Samsung kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotining metalli raqobatchi qurilmalarnikidan 50 foizga mustahkamroq ekanligini va u tirnalmasligini ma’lum qilgan. S6’ning orqa qismi Gorilla Glass 4’dan ishlangan.
Yangi smartfonlarning texnik xususiyatlari quyidagicha: ikkala qurilma ham 5,1 dyuymli Quad HD ekran (2560×1440), 16 megapikselli orqa va 5 megapikselli old kamera, Android 5,0 Lollipop operatsion tizimi, 4 va sakkiz yadroli protsessorlar, simsiz zaryadlash tizimi bilan ta’minlagan.
Shuningdek, yangi qurilmalarning akkumlyatori smartfondan ajralmaydi. Quvvat uzoqroq vaqtga yetadi, quvvat olishi esa iPhone 6’dan ikki baravar tezroq bo‘ladi.
Smartfonlar dastlab 10-aprel kuni 20 ta mamlakatda 32, 64 va 128 Gigabayt xotirali versiyalarda sotuvga chiqariladi.