Samsung korporatsiyasi Dubay shahrida o‘zining so‘nggi ishlanmalari mevasi bo‘lmish Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlarini sotuvga chiqardi. Shu haftaning juma kunidan smartfonlar savdosi butun BAA bo‘yicha yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.
emirates247.com resursida ma’lum qilinishicha, yangi smartforlar Galaxy S5 hamda iPhone 6 dan ko‘ra arzonroq narxlarda sotilmoqda.
Burj Xalifadagi Armani Hotel mehmonxonasida o‘tkazilgan taqdimot marosimida Samsung yig‘ilganlarga yangi smartfonlar haqida to‘liq tasavvur berishga harakat qildi. Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlarining barcha o‘ziga xos jihatlari, texnik imkoniyatlari batafsil tavsiflandi. Tadbirda mamlakatning nufuzli jamoat arboblari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.