Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Jumong-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qaqnus - Mal De music
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rus nashri Shavkat Mirziyoyev haqidagi taassurotlarini bayon qildi



5 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Shu munosabat bilan Katta Kreml saroyida tantanali vaziyat tashkil etildi. "`" (Kommersant` nashri)ning maxsus muxbiri Andrey Kolesnikov mazkur tashrifdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashgan. Uning iqror bo'lishicha, O'zbekiston Prezidenti uni lol qoldirishning uddasidan chiqqan.

Kolesnikovning yozishicha, O'zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kishida kuchli taassurot qoldiradi. Mana u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Yashil xonada uchrashmoqda. Putin unga shunday dedi:

— Umuman olganda biz savdo aylanmasini yuqori darajada ushlab turibmiz, ayrim sohalardagi o'sish sur`atlariga ishonish qiyin!

Vladimir Putinning o'zi ham bunday bo'lishiga ishonmagani aniq!

— 260 foiz! — deydi Shavkat Mirziyoyev hayajon bilan.

— Ha, juda ajoyib! — deydi Rossiya Prezidenti o'ziga kelishga urinar ekan.— Ayniqsa, bu sanoat, qishloq xo'jaligiga doir! Qishloq xo'jaligi ikki martadan ko'proq o'sgan! O'zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi ikki karradan ko'proq o'sgan!

O'zbekiston Davlat rahbari Peterburgdagi qo'poruvchilikda qurbon bo'lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U keyinroq, yana ikki marta hamdardligini izhor qildi.

— Biz siz bilan kelishib olgan narsalar (Samarqandda, Islom Karimov dafn qilinganidan keyin) hayotga tatbiq etilmoqda! Moskva markazida Islom Abdug'aniyevichga yodgorlik o'rnatish uchun xiyobon ajratganingiz uchun tashakkur bildirmoqchiman. Juda yaxshi joy! Yana bir marta tashakkur!

Aytish joizki, faqatgina iqtisodiyot yo'nalishida barchasi jonlandi, deb bo'lmaydi. Umuman, unday emas.

— Biz Pushkin nomidagi tasviriy san`at muzeyiga ajoyib etnografimiz Igor Savitsskiy ko'rgazmasi bilan keldik.

Muzey prezidenti Irina Antonova va uning direktori Marina Loshak ham matbuot uchun bayonot berish chog'ida ham Yashil mehmonxonada bo'lishdi. Aniqrog'i, ular ham muzokaraga kelganlar orasida edi. Bundan tashqari, ikki prezidentlarning bunday suhbati shu vaqtgacha kuzatilmagan.

— Rossiya tomonidan Afg'oniston bo'yicha nima qilinayotgan bo'lsa, bizni hayratga solmoqda va biz bunda faol ishtirok etamiz! — dedi O'zbekiston prezidenti o'zining hayajonini yashirmagan holda.

Ha, haqiqatdan ham ikki mamlakat o'rtasida bunaqasi bo'lganmidi, deya savol bilan murojaat qiladi jurnalist. Shavkat Mirziyov kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar chog'ida "suvdan foydalanishning adolatli tizimi" hamda harbiy va fuqarolik sohalarida hamkorlik yo'lga qo'yilgani haqida so'z boradi.

— Mana Sergey Viktorovich (Chemezov) shu yerda o'tiribdi, u tasdiqlaydi!

Shavkat Mirziyoyev yana O'zbekistonda yetishtirilgan mevalar Rossiyaga "yashil yo'lak"dan (boshqa jihatdan to'g'ri ham, axir mevalar bo'lsa) yetkazilishini bildirdi... Bundan tashqari, O'zbekiston to'qimachilik korxonalari o'z mahsulotlarini Rossiyaga bevosita yetkazib berilishi yo'lga qo'yiladi. Bu hali hammasi emas. "Po'lat prokati, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga aksiz soliqlari pasaytiriladi yoki to'liq bekor qilinadi... Investitsiya loyihalari bo'yicha 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishilgan.

— Vladimir Vladimirovich,— deya o'z hislarini yashirolmaydi Shavkat Mirziyoyev,— bunaqasi hali bo'lmagan!!! Va bu so'nggi 4 oydagi ishlar samarasidir!

Asosiysi, bularning barchasi haqiqat!

O'zbek rahbariyatining Rossiya mintaqalari rahbarlari bilan uchrashuvlari ham ko'p narsadan darak beradi. Bunaqasi ham hali kuzatilmagandi.

Nihoyat, "Aeroflot"ning Moskvadan Samarqand parvozlari qayta yo'lga qo'yiladi.

— Bilasizmi, bu masala uzoq vaqt hal etilmay keldi, biz bu borada irodali qaror qabul qildik! — deya ma`lum qilgan O'zbekiston rahbari.

Ta`kidlash o'rinliki, deb yozadi maqola muallifi, "Rossiya ovozi", diktor Yevgeniy Xoroshevtsev bilan bog'liq kutilmagan voqelik ajoyib kayfiyatni buza olmadi.

Mana men Shavkat Mirziyoyevga qarab turibman. Ha, u boshqacha odam. Islom Karimov, masalan boshqacha kulardi. Boshqacha gapirardi. Boshqacha o'ylardi. Bu jilmayish esa, bilmadim kishini qaysidir ma`noda, lol qoldiradi.

So'ngra, Shavkat Mirziyoyev o'z bayonotini o'qir ekan, xulosa qiladi:

— Tushunarliki, ko'p gapirish mumkin, ammo bularning barchasi juda ham yaxshi!

Kremlda ancha vaqtdan beri bunaqasi bo'lmagan edi, deya yakunlaydi maqolasini Kommersant` muxbiri Andrey Kolesnikov.

 


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4425 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rus nashri, Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное