Rubl kursi fevraldan beri birinchi marta 66 rubldan oshdi
Rossiyada dollar kursi Brent markasidagi neft narxining 48 dollardan pastroqqa tushib ketishi oqibatida 12 fevraldan beri birinchi marta 66 rubldan oshdi. Bundan birjadan olingan ma’lumotlar darak bermoqda. Shu tufayli dollarda hisoblanuvchi RTS birja indeksi 1,28 foizga, ya’ni 799,2 punktgacha tushib ketdi.
19 avgust Moskva vaqti bilan soat 17:51 da dollar kursi ertangi kunni hisobga olib 0,17 rublga, ya’ni 66,09 rublgacha oshdi, yevro esa 0,43 rublga, ya’ni 73,03 rublgacha oshdi.
Oktabr oyi uchun Brent markasidagi neftning narxi 1,09 foizga tushib, bir barrel neft uchun 47,95 dollarni tashkil qildi.