Rossiyaning Tula shahrida 13 yoshli ikki qizning jasadi topildi
Rossiyaning Tula shahrida 13 yoshli ikki qizning jasadi topildi. Bu haqda IIV Tula viloyati boshqarmasi manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim yettinchi qavatdan qulash oqibatida ro‘y bergan. Qizlarning jasadi topilgan bino qurilishi oxiriga yetmagan inshoot bo‘lgan. O‘z joniga qasd qilish versiyasi ham ko‘rib chiqilmoqda.