Rossiyadagi inflyatsiya 2008 yilgi rekord darajaga yetdi
Rosstatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning dekabr oyi yakunlariga ko‘ra inflyatsiyaning oylik ko‘rsatkichi 0,8 foizni, yilligi esa 12,9 foizni tashkil etmoqda. Bunday rekord ko‘rsatkich 2008 yilda qayd etilgandi, deb xabar bermoqda Rosstat.
Rossiyada inflyatsiya o‘tgan yillarda quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etgan: 2014 yilda 11,4 foiz, 2013 yilda 6,5 foiz, 2012 yilda 6,6 foiz, 2011 yilda 6,1 foiz, 2009-2010 yillarda 8,8 foiz. Eng yuqori ko‘rsatkich 2008 yilda qayd etilgan edi —13,3 foiz.