$IMGE1$
Moskva birjasida mahalliy vaqt bilan soat 10:00da dollar kursi 2,12 rublga pasayib, 80,511ga rublga tushdi.
O‘z navbatida yevro kursi 2,88 rublga pasayib, 1 yevro 87,115 rubldan sotilmoqda.
Bu holat jahon bozorida neft narxlari o‘sishi bilan bog‘liq holda yuz bermoqda.
London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolar chog‘ida neftning dunyodagi narxi oshib bormoqda.
Londonning ICE Futures birjasida Brent markasidagi neft fyucherslari (fevralda yetkazib beriladigan) bir barrel uchun 31,06 dollargacha oshdi.
WTI markasidagi neftning fevral uchun fyucherslari Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)da bir barrel uchun 30,85 dollargacha qimmatlashdi.