Rossiyada yarim yil natijalariga ko‘ra nochorlar soni yillik ifodada 14,8 foizga, ya’ni 21,7 mln kishiga yetdi. Bundan Rossiya statistika qo‘mitasining yangi ma’lumotlari darak bermoqda.
Joriy yilning 2-choragi yakunlariga ko‘ra, Rossiyada kun kechirish minimumi oyiga 10017 rublni, mehnatga qodir aholi uchun 10 792 rublni, pensionerlar uchun 8210 rublni, bolalar uchun 9806 rublni tashkil qildi.
Avvalroq Rossiyada bolalar uchun kun kechirish minimumi 3,3 foizga oshirilgani ma’lum qilingan edi.
Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 22,7 ming rublga “uchma-uch kun kechirish” mumkin. Bunda oyiga 13 ming rubldan kam daromadga ega rossiyaliklar aholining nochor qatlamlariga sanaladi.