Rossiyaning bir qancha hududlarida kuchli qor bo‘roni kuzatilmoqda, deb xabar berdi Trendymen nashri.
Samara, Saratov, Orenburg hamda Volga federal okrugida havo harorati 27-30 daraja sovuq ekanligi qayd etilgan. Tinimsiz qor yog‘ishi esa yo‘l transport hodisalarining ortib borishiga olib kelmoqda. Shuningdek, joylarda elektr tizimining uzilishi bilan bog‘liq muammolar ham bor. Meteorologiya sohasi vakillari kelasi 2 sutka davomida harorat yana pasayishi kutilayotganini xabar qilishmoqda.