Moskva birjasidagi savdolar chog‘ida dollarning birja kursi 75 rubldan arzonlashdi.
Xususan, Moskva vaqti bilan 28 yanvar kuni soat 12:56da dollar kursi 1,71 rublga arzonlashib, 75,951 rublni tashkil etidi.
Rubl kursi ko‘tarilishi natijasida yevro kursi ham arzonlashgan. Birjada yevro kursi 1,6 rublga pasayib, 82,8 rublga teng bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, jahon bozorida neft narxi oshayotgani haqidagi xabarlar ortidan rubl qadri o‘sib bormoqda.