Moskva birjasida dollar kursi 1 rubl 4 tiyinga arzonlashdi va savdolar yopilishi paytida 62,98 rublni tashkil qildi. Yevro ham 67 tiyinga arzonlashib, 69,46 rublni tashkil qildi. Rublning oshishiga Brent markasidagi neft narxining Londonning ICE birjasida 3 foizgacha oshgani va 50 dollardan yuqoriroqni tashkil qilgani sabab bo‘lgan.
“Finam” kompaniyasi tahlilchilarining ta’kidlashicha, 10 avgustning birinchi yarmida neft narxlari AQShda foydalanilayotgan skvajinalar ko‘paygani haqidagi xabardan keyin tusha boshlagan. Biroq Xitoyda neft importining oshishi haqidagi xabardan keyin bozordagi muvozanat neft narxining oshishi tomon o‘zgardi.