Rossiyada dollar kursi 52,42 rublni tashkil etmoqda
Moskva birjasi yagona savdo sessiyasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 13 aprel uchun dollarning rublga nisbatan o‘rtacha kursi 1,35 rublga ko‘payib, 52,422 rublni tashkil etdi.
Shuningdek, Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 1,25 rublga ko‘tarilib, 55,5201 rublni tashkil qildi.
“Dollar-evro” bivalyutali korzinaning narxi 1,31 rublga o‘sib, 53,82 rublni tashkil etdi.