Rossiyada 600 dan ortiq amaldor korrupsiyada ayblanmoqda
Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka 2015 yil davomida 600 dan ortiq amaldor korrupsiyada ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
“O‘tgan yil davomida 651 nafar federal hukumat tashkilotlarida ishlaydigan amaldorlar, mingdan ortiq mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlarida xizmat qiluvchi mansabdorlar korrupsiyada ayblanib, jinoiiy javobgarlikka tortildi”, – deb izoh berdi bosh prokuror.
Ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida aytib o‘tgan edi.