Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar nazorati bo‘yicha federal xizmati 136ta pornosaytga kirishni cheklab qo‘yadi. “Izvestiya” gazetasida yozilishicha, bunday qaror Tataristondagi Apatovsk tuman sudining murojaatiga muvofiq qabul qilingan. “Tajribamizda birinchi marotaba sudning bitta qaroriga ko‘ra bu qadar ko‘p saytning cheklab qo‘yilishi kuzatilmoqda. Bu saytlarga kuniga millionlab odamlar kiradi. Qarorda ko‘rsatilgani bo‘yicha bu saytlar uch kun ichida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi talab qilinadi. Agar shu vaqt ichida pornografik kontent o‘chirib tashlanmasa, operatorlar bu saytlarga blok o‘rnatadi”, – deb qarorni sharhladi qo‘mita vakili Vadim Ampelonskiy. Ma’lum bo‘lishicha, ro‘yxatga tushgan saytlar ichida AQShda joylashgan yirik resurslar ham mavjud.