Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiya yana bir mamlakatdan “ajralmoqda”


Har yili 2 aprelda Rossiya va Belorus xalqlari birligi kuni nishonlanadi.

1996 yili mazkur ikki mamlakat prezidentlari “Rossiya va Belorus jamiyatini shakllantirish to‘g‘risidagi” bitimni imzolagan edi.

Ushbu bitim ikki mamlakat integratsiyasini boshlab berishi kerak edi. O‘tgan yillar davomida ikki mamlakat ham shu jarayonga intilib keldi.

Biroq, kecha, 6 aprel kuni Belorus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey mamlakat Rossiya ta’siridan chiqib, dunyoning turli davlatlari bilan aloqa o‘rnatmoqchiligini ma’lum qildi.

Shuningdek, u iqtisodiy hamkorlik masalalarida ruslar bilan muammolar kelib chiqayotganini ta’kidlagan.

“Biz faqatgina bir mamlakat ta’sirida bo‘lishdan qutilishimiz lozim. Bizda Rossiyadan tashqari boshqa mamlakatlar bilan aloqalar o‘rnatish, jumladan, Yevropa Ittifoqi va dunyoning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish imkoni bor. Bu, ayniqsa, hozirgi jahon moliyaviy inqirozi davrida juda muhimdir”, deb ma’lum qildi Vladimir Makey.

Bundan tashqari vazir Belorus davlati Rossiya bilan aloqalarini batamom to‘xtatishni nazarda tutmayotgani, mamlakat bir tarafdan Rossiya, ikkinchi tomondan YeI bilan aloqalarni mustahkamlash imkoniga ega ekanligini bildirgan.

Shu bois u mamlakat eksporining 48 foizi Rossiyaga, 26 foizi YeIga hamda qolgan 26 foizi boshqa mamlakatlarga yo‘nalganini keltirib o‘tgan.

Ikrom Rahmon



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10601 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное