Rossiya hukumati xodimlari 2014 yil uchun daromad deklaratsiyalarini topshirdi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin hamda Kreml ma’muriyatining barcha xodimlari 2014 yilgi daromadlari deklaratsiyasini topshirganini ma’lum qildi.
“Barcha deklaratsiyalar qoidalar va me’yorlarga muvofiq tayyorlandi. Ikki haftadan so‘ng ular nashr uchun mo‘ljallangan hajmda e’lon qilinadi”, – degan Peskov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.
2013 yilda Rossiya prezidenti 3.672 mln rubl, 2012 yilda esa 5.79 mln rubl miqdorida daromad qilgan.