Ronaldu o‘zining echki soqoli JChda omad keltirishiga ishonmoqda
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, uning echki soqoli jamoasiga jahon chempionatida omad keltirar ekan.
"Echki soqolim? Bu Ispaniyaga qarshi o‘yindan oldin hazil edi. Terma jamoadagi do‘stlarimga ispanlarga gol ursa uni qoldirishimni aytgan edim. Omadim keldi, o‘sha bahsda va kecha gol urdim. Soqolimni JCh-2018 oxirigacha qoldiraman, chunki u omad keltiradi" - deydi Ronaldu.