Ravon R2 Rossiyada eng arzon avtomatlashgan model ekani ayon bo‘ldi
Rossiya bozorida faoliyat yuritayotgan Ravon kompaniyasi R2 xetchbeki (O‘zbekistondagi Chevrolet Spark)ning rubldagi narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Motor.ru nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, mazkur modeldagi avtomobillarning faqatgina avtomatlashgan uzatish tizimi bilan jihozlangani sotuvga chiqarilgan bo‘lib, model 369 ming rubldan boshlanadigan narxda taklif qilinmoqda. Shu tariqa, R2 Rossiyada eng arzon avtomatlashgan modelga aylandi.
Ravon R2 1,25 litr sig‘imli to‘rt silindrli dvigatelga ega. Agregatning uzatish tizimi 85 ot kuchiga teng. Model soatiga 100 kilometr tezlikka 12,4 soniyada ichida erisha oladi. Maksimal tezligi soatiga 161 kilometrga teng.
Ravon R2 ga qo‘shimcha sifatida xavfsizlik yostiqchasi va Mr3 fayllarini o‘qishga mo‘ljallangan audiotizim bilan birga taqdim etiladi.
Bundan tashqari, Ravon lineykasida yana ikkita sedan bor, bular Nexia (379 ming rubl) va Gentra (439 ming rubl).
Eslatib o‘tamiz, Ravon markali mashinalar Rossiya bozorida 2015 yilning oktabr oyidan boshlab paydo bo‘lgandi.