Raqqosa Parizoda: “Begona erkaklarning buzuq fikri hayotimni zaharlamoqda”
Raqqosa Parizoda Instagram`dagi sahifasida uni kuzatib borayotgan erkaklarni blokladi.
Bu haqda raqqosa shunday deydi:
“Bugundan boshlab, profilim faqat qizlar uchun. Yigitlarga mening profilimda o`rin yo`q va bloklashga majburman”
Raqqosaning mazkur qarori ba`zi muxlislar tomonidan e`tirozlarga sabab bo`ldi. ayrimlar esa Parizodani qo`llab-quvvatlab, mazkur qarorga kelishiga aynan nima sabab bo`lganini so`ragan.
Ularga javoban raqqosa quyidagilarni ma`lum qildi:
“Men oilaliman, erim ruxsat bergan narsani qilaman, lekin begona erkaklar buni ko`rishi, bilishi shartmas ekan. Ularning buzuq fikri bizning hayotimizni zaharlar ekan”.