“Mevali daraxtga tosh otiladi”, degan fikrda ijod qilishdan to‘xtamaydigan raqqosa Parizoda, jurnalist Sadoqat Allaberganovaning “Parizodani chiroyi uchun hurmat qilishadimi yo raqsi uchun?” degan savoliga quyidagicha javob berdi.
Parizoda: — O‘zimni chiroyli, deb bilmayman. Kamchiliklarimni bekitib, go‘zal ko‘rinishga intilaman, el nazaridagi soha vakillarimiz axir. Chiroyli raqqosalar ko‘p, lekin muxlislar raqqosani faqat go‘zalligi uchun hurmat qilmasa kerak. Chiroyga yarasha iste’dod va mehnat ham bo‘lishi shart.