Ish faoliyatida muhim o‘rin tutadigan san’atkorlarning sun’iy go‘zallik haqidagi fikri bilan ham qiziqib ko‘rdik.
Zarina Nizomiddinova, aktrisa: — Rostini aytsam o‘zimga zeb berib, pardoz qilib yurishni yaxshi ko‘raman. Kichikinaligimdan shunga o‘rganganman. Sababi xoreografiyada o‘qib yurgan kezlarimda ustozlarimiz sahnaga pardozsiz chiqishga ruxsat bermasdi. Qoshimning tuzilishini biroz o‘zgartirish uchun bir marta «rastushyovka» qilganman. Biroq ikkinchi bor bu ishga qo‘l urmayman. Kimyoviy muolajalarning zarari bor degan gap rost shekilli, «rastushevka»dan so‘ng qoshlarim to‘kila boshladi.
Parizoda, raqqosa: — Qoshimni «rastushevka» qilganman. Lablarimga ham maxsus gel bilan ishlov berilgan. Bu ikkala muolajani amalga oshirganimga ancha bo‘ldi. Kosmetologiya sohasida bu yangilik kashf qilinganida qiziqib o‘zimda sinab ko‘rganman. Ammo bu ishimdan hozir afsuslanaman. Chunki tabiiy go‘zallikka hech narsa yetmaydi.