Joriy yilning 21 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Talliq” MFY Seytjanov ko‘chasida fuqaro M.T.ning uyida sodir bo‘lgan yong‘inda 5 yoshli qiz halok bo‘ldi. Bu haqda FVV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga soat 22:28 da xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 10 km).
Ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in soat 23:24da qurshab olingan va soat 00:20da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma’lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.
Yong‘in oqibatida yashash uyining 100 kv metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining qiz nabirasi 2014 y.t. fuqaro T.Ya.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘inning taxminiy sababi isitish pechi mo‘risining nosozligidan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sunnatilla Abdullaev